Uzbekistan Cycling Federation  

        

Osiyo chempionati taxlili


29.04.2019

Tarixda ilk marotaba O’zbekistonda veloshosse bo’yicha Osiyo chempionati o’tkazildi. Mazkur Osiyo chempionatida 40 ga yaqin davlatdan 500 dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi. Chempionatni yuqori saviyada o’tkazish va musobaqani tasvirga olishda qulaylik yaratish uchun hukumat tomonidan 2 ta vertalyot ajratildi. Shuningdek, ilk marotaba Osiyo chempionati  Evrosport telekanali tomonidan tasvirga olinib 53 ta xorijiy telekanallarga to’g’ridan to’g’ri namoyish etildi. Osiyo chempionati yakuniga ko’ra  2 ta oltin, 3 ta bronza, 2 ta kumush medalni qo’lga kiritgan holda  O’zbekiston umumjamoa xisobida 2-o’rin bo’ldi. Chempionat davomida o’smirlar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqalarda o’sib kelayotgan yoshlardan Xorazm viloyatidan Bexzodbek Raximboyev 1 ta bronza, 1 ta kumush medal, Sirdaryo viloyatidan  Kuskova Yanina 1 ta kumush medal soxibasiga aylanib g’oliblik shoxsupasiga  ko’tarildilar. Bundan ko’rinib turibdiki Respublikamizning har bir hududida yosh va iqtidorli velosportchilarimiz yetishib chiqmoqda. Shu bilan bir qatorda O’zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi O’lga Zabelinskayaning XXXII yozgi Olimpiya o’yinlariga yo’llanmani qo’lga kiritgani quvonarli xoldir. Federatsiya tomonidan yaqin kelajakda Respublikamizning 14 ta hududida ayollar veloklubi tashkil etish rejalashtirilgan. Yana bir ahamiyatli tomoni shundaki Osiyo chempionatining Toshkent viloyatida o’tkazilishi bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish tog’risida”gi PF-5273-son Farmoni asosida Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.   



< Вернуться к списку новостей









Uzbekistan Cycling Federation

Наш адрес:
100000, Ташкент, ул.Мухбир, 12 (Ориентир Велотрек и гостиница "Олимпия")

Tel/Fax:
(+998 71) 228-40-98, (+998 71) 228-40-97


Присоединяйтесь к нам:

FACEBOOK
TWITTER
INSTAGRAM
    О ФЕДЕРАЦИИ
- О федерации
- Задачи и Цели
- Руководство
- Региональные Федерации
- Партнёры

ТРЕК / ШОССЕ
- Сборная
- Календарь
- Результаты соревнований
- Континентальный велоспортивный клуб "Tashkent"

НОВОСТИ


Яндекс.Метрика
  ВЕЛОСПОРТ ДЛЯ ВСЕХ
- Советы для начинающих
- Обучающее видео
- Спортивные школы

ОФИЦИАЛЬНЫЕ ДОКУМЕНТЫ
- Положения и Постановления
- Антидопинг
- Правила велоспорта

ГАЛЕРЕЯ
- Фото
- Видео

КОНТАКТЫ




© 2013 — 2019. UZBEKISTAN CYCLING FEDERATION. Все права защищены.