2024-04-29

⚡️Rasmiy bayonot

Xabaringiz bor, joriy yilning 26 iyul — 11 avgust kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur musobaqaga velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayollar uchun 3 ta, erkaklar uchun 1 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.

Hozirda ayollar o‘rtasidagi dasturlarda terma jamoamiz sharafini Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskova himoya qilishi ma’lum bo‘lib ulgurgan.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar uchun ajratilgan yagona yo‘llanmaga esa terma jamoamizning to‘rt nafar a’zosi nomzodlik qilmoqda. Bular: Murodjon Xolmurodov, Nikita Svetkov, Dmitriy Bocharov hamda Begzod Rahimboyev.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Parij-2024 Olimpiadasida erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda ishtirok etadigan terma jamoamiz a’zosi nomini 14-iyun kuni, shosse yo‘nalishi bo‘yicha Qozog’istonda o‘tadigan Osiyo chempionatidan so‘ng rasman e’lon qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!😉

⚡️Официальное заявление

Как известно, XXXIII летние Олимпийские игры пройдут в столице Франции Париже с 26 июля по 11 августа этого года.

В категории шоссейный велоспорт сборные Узбекистана завоевали 3 путевки у женщин и 1 путевку у мужчин.

На данный момент уже известно, что честь нашей сборной в женских программах будут защищать Ольга Забелинская и Янина Кускова.

Четыре члена нашей сборной являются кандидатами на мужской турнир. Это: Муроджон Холмуродов, Никита Цветков, Дмитрий Бочаров и Бегзод Рахимбоев.

Федерация велоспорта Узбекистана официально объявит имя члена нашей сборной, который примет участие в мужских соревнованиях на Олимпиаде-2024 в Париже 14 июня, после чемпионата Азии по шоссейной трассе.

Продолжайте следить за нами!😉