2023-08-17

2023-yil 19-avgust kuni Turkiya🇹🇷 davlatida velosportning 🚴🏻‍♂️shosse yo’nalishi bo’yicha “Grand Prix Kaisarie” UCI xalqaro musobaqasi bo’lib o’tadi.

Xalqaro musobaqa dasturiga ko’ra guruh poygasi masofasi sifatida erkaklarga 133.6 km ko’rsatilgan hamda ayollarga 88.2 km ko’rsatilgan.

Mazkur musobaqada erkaklar milliy terma jamoa a’zolari:
1. Murad Xalmuradov
2. Aleksey Fomovskiy
3. Dmitriy Bocharov
4. Damir Zabirov
5. Danil Yevdokimov
6. Elli Konstantin
7. Edem Eminov
8.Begzodbek Raximboev
Ayollar milliy terma jamoa a’zolari:
1. Olga Zabelinskaya
2. Yanina Kuskova
3. Sofiya Karimova
4. Nafosat Koziyeva
5. Margarita Misyurina
6. Madina Kaxxarova
7. Evgeniya Golotina
8. Ekaterina Knebeleva
9. Shaxnoza Abdullayeva
yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Sportchilarimizning musobaqadagi barcha yutuqlari Parij🇫🇷 2024 yozgi Olimpiada o’yinlariga yo’llanma olish uchun xalqaro reyting📈 ochkolari sonini ko’paytirish imkoniyatini beradi.
Sportchilarimiz xorijiy mutaxassislar Gleb Groysman hamda Volodimir Starchik murabbiyligi boshchiligida qizg’in bahslarga kirishadilar.
Biz ham shu o’rinda velosportchilarimizga🚴🏻‍♂️ ushbu xalqaro musobaqada omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

https://t.me/cycling_uz

Язык »