2023-07-24

24 iyul kuni Oliy Majlis Senati Raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Raisi Tanzila Narbayeva o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

Hurmatli Tanzila Kamolovna!
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi jamoasi sizni tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklab, ushbu mashaqqatli, lekin nihoyatda ezgu yo‘lda sizga baxt, farovonlik, kuch va sabr-toqat tilaydi!
O‘zbekiston velosport federatsiyasiga Rais bo‘lganingiz uchun tashakkur, yurtimizda ushbu sport turini ommalashtirish, bu yo‘nalishda xalqaro aloqalarni rivojlantirish, bu orqali nafaqat sportchilarimizni yangi bosqichga ko‘tarish, balki velosportga yangi iste’dodlarni, jumladan, qizlarni jalb etishda ham o‘z hissangizni qo‘shmoqdasiz!

Язык »