O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining ijrosini ta’minlash maqsadida 2023- yil 4- iyul sanasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbar xodimlari federatsiya reja-jadvali asosida dastlab Samarqand viloyatida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida xizmat safariga yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Velosiped sporti federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi faoliyatini o‘rganish davomida velosiped sporti bilan shug‘ullanadigan yoshlar soni jami 165 nafar (34 nafar qizlar) borligi aniqlandi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, shulardan 3 nafari sport ustasi, 34 nafari sport ustaligiga nomzod va 35 nafari esa 1-toifali sportchilarni tashkil qiladi. Samarqand viloyatida yoshlarimiz velosiped sporti bilan shug‘ullanishlari uchun 5 ta moslashtirilgan sport zallari mavjud, afsuski, standartga javob beradigan inshootlari mavjud emas, 2022-2023 yillar davomida viloyatda velosiped sporti bo‘yicha 32 ta sport musobaqasi bo‘lib o‘tgan, shundan 4 tasi Respublika, 8 tasi viloyat miqyosida hamda 20 ta tuman va shaharlar miqyosida o‘tkazilgan. Viloyat velosportchilari 2022-2023 yil davomida ham turli musobaqalarda jami 68 ta medallarni qo‘lga kiritdilar. Shulardan 5 tasi Xalqaro medallar hisoblanadi. Xizmat safari davomida Samarqand shahrida 12 km masofada velosiped paradi hamda velomarafon tashkil etildi. Unda aholining turli qatlamlaridan 150 nafardan ziyod havaskor o‘g‘il bolalar va qizlar,hamda faxriy sportchilar ishtirok etdi. Respublika, viloyat musobaqalarida ko‘rsatilgan natijalariga ko‘ra 15 nafar sportchilar milliy terma jamoa a’zolari (6 nafar qizlar) hisoblanadi. Hududda tuman va shahar miqyosida velosport musobaqalari muntazam tashkil etilishi natijasida Samarqand viloyati terma jamoasi shakillantirilgan (seleksiya) ishlari yetarli darajada amalga oshirilib kelmoqda. Samarqand viloyatida velosport bilan shug‘illanishlari uchun 50 dona velosiped va 4 dona damas avtomobili, 1 ta xalqora standartga javob beradigan velotrassa mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 sentyabrdagi “Velosportni rivojlantirishga doir kompleks chora–tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5251-sonli qarorining Velosport turlarini 2021-2022 yillarda rivojlantirish dasturi 1-ilova 2.2-bandi ijrosi ya’ni, Katta qo‘rg‘on shahar sport maktabida velosportning shosse (Road) turi bo‘yicha bo‘lim tashkil etish va ular faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lsada, ushbu shaharda bo‘lim tashkil etilmagan, bo’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.
2023 yil 5 iyul O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbar xodimlari reja-jadval asosida Surxondaryo viloyatida ham iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) orqali sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha xizmat safariga yuborildi.
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi bo‘yicha velosiped sporti bilan shug‘illanadigan yoshlar soni jami 59 nafar (8 nafar qizlar)ni tashkil etadi. Shulardan 6 nafari sport ustaligiga nomzod va 8 nafari 1-toifadagi sportchilardir. Viloyatida velosport bilan shug‘illanishlari uchun 1 ta moslashtirilgan sport inshooti mavjud,
2022-2023 yillar davomida viloyatda velosiped sporti bo‘yicha 8 ta sport musobaqasi bo‘lib o‘tgan, ularning 2 tasi viloyat va 6 tasi tuman va shaharlar miqyosida o‘tkazilgan. Viloyat velosportchilari 2022-2023 yil davomida ham turli musobaqalarda jami 7 medallarni qo‘lga kiritdilar. Sport musobaqalar jarayonida velosiped sporti bo‘yicha erishilgan natijalarga ko‘ra 1 nafar sportchi milliy terma jamoa a’zosi hisoblanadi. Hududda tuman va shahar miqyosida velosport musobaqalari muntazam tashkil etilishi natijasida Surxondaryo viloyati terma jamoasi shakillantirilgan. Seleksiya ishlari yetarli darajada amalga oshirilib kelmoqda. Surxondaryo viloyatida velosport bilan shug‘ullanish uchun 47 dona velosipedlar mavjud. Ishchi gurux rahbari Karimov Usmobjon Yoqujonovich.