Bugun 🇹🇷Turkiyaning Qayseri shahrida bo‘lib o‘tayotgan “100TH ANNIVERSARY TOUR OF THE REPUBLIC” xalqaro musobaqasining ochkolar uchun kechgan 2-bosqich 89,4 km guruh poygasida iste’dodli 🚴🏻♂️velosportchimiz Dmitriy Bocharov eng yaxshi ⛰️tog’ poygachisi formasini yana bir bora qo’lga kiritdi. Shu bilan birga u 2:12:58 natija bilan 1-o’rinni 🥇 egallab shohsupadan joy oldi va 🇫🇷Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi muhim 📈reyting 7 ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Eslatib o’tamiz ushbu musobaqa 5-avgustga qadar davom etadi. Natijalarni biz bilan birga kuzatishda davom eting!
O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.