Joriy yilning 21-avgust kuni boshlangan o’quv-mashg’ulot yig’ini 30-avgustga qadar davom etadi. O’quv-mashg’ulot yig’iniga xorijiy trenerlar G.Groysman boshchiligida asosiy tarkib sportchilari hamda zaxira sportchilar jalb qilingan. Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini Xitoy davlatida bo’lib o’tadigan Xanchjou 2023 Osiyo o’yinlari oldidan jismoniy tayyorgarlik hamda yangi imkoniyatlar va yuqori natijalarga erishishga qaratilgan.