Muradjan Xalmuratov oltin medal va eng yaxshi tog’ poygachisi maykasini qo‘lga kiritdi.
Turkiya davlatida velosport bo’yicha olimpiya reyting ochkolari beruvchi “Tour of Yigido” ko’p kunlik UCI xalqaro musobaqasining 2-bosqichi o‘z yakunini topdi. Mazkur poyga 144,6 km masofani tashkil etib, unda Muradjan Xalmuratov 1-o‘rinni egallab oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamda Muradjan poyga yakuniga ko‘ra eng yaxshi tog’ poygachisi nomi va ko‘p kunlik “Poyga yetakchisi maykasi”ni qo‘lga kiritdi.
Xalmuratovning bir kunlik g‘alabasi Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi 7 UCI reyting ochkoni milliy terma jamoamiz hisobiga kiritdi.
Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.
O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.