Turkiya davlatida velosport bo’yicha reyting ochkolari beruvchi “Tour of Yigido” ko’p kunlik UCI xalqaro musobaqasining yakuniy 3-bosqichi o‘z yakunini topdi. Mazkur poyga 169,9 km masofani tashkil etib, unda Muradjan Xalmuradov umumiy bosqich xisobida 2-o‘rinni egallab kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Xalmuradovning ikki kunlik g‘alabasi Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi 30 UCI reyting ochkoni milliy terma jamoamiz hisobiga kiritdi.
O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.