Joriy yilning 30-avgust kuni boshlangan o’quv-mashg’ulot yig’ini 23-sentyabrga qadar davom etadi. O’quv-mashg’ulot yig’iniga xorijiy trenerlar G.Groysman hamda V. Starchiklar boshchiligida sportchilari hamda zaxira sportchilar jalb qilingan. Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini Xitoy davlatida bo’lib o’tadigan Xanchjou 2023 Osiyo o’yinlari oldidan jismoniy tayyorgarlik hamda yangi imkoniyatlar va yuqori natijalarga erishishga qaratilgan.