2023-10-29

UCI MOBILITY & BIKE CITY FORUM

Belgiya davlati velosipedchilarining Professional velosport bo’yicha jahonda yetakchi hisoblanadi. Ushbu holat inobatga olinib, UCI tashkiloti tomonidan tashkilashtirilgan (UCI MOBILITY & BIKE CITY FORUM) forumning ayni damda o’tkaziladigan joyi sifatida mamlakatning Bryuggeya shahri tanlangan.
Ushbu forumda O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi xodimlari ham ishtirok etishdi.
Forumda asosan “UCI mobillik va velosiped shahar forumi”, shuningdek, “Faol harakatchanlik kelajagini shakllantirish” va boshqa chet davlatlarda rivojlantirish bo’yicha fikr yuritildi.

Mazkur tadbirda ishtirok etish Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi yordamida amalga oshirildi.


Belgiya mamlakati o’zining birinchi velosiped yo‘lini 2012 yilda qurgan va 11 yil ichida mamlakatda eng ilg‘or velosport infratuzilmasi rivojlantirilgan.
Siz tirbandligi yuqori bo’lgan yo’llarda velosipedda sayohat qilayotganingizda, maktabga yoki ishga ketayotganingizda xavfsizligingiz haqida qayg’urmasdan mamlakatning istalgan nuqtasiga borishingiz mumkin.
Shaharlar zamonaviy velosiped yo’llari, ular o’z identifikatsiya belgilari, svetoforlari, yo’l belgilari va boshqalar bilan jihozlangan.
Deyarli har bir bino oldida ham yer ostida ham velosipedlar uchun super zamonaviy to’xtash joylari mavjud. Ushbu to’xtash joylaridan biriga 1000 dan ortiq velosipedlarni sig’dirish mumkin!!!!
Bugungi kunda velosiped mamlakatiga aylangan, velosiped madaniyati yaratilgan Bryugiya shahrida barcha velosipedda — bolalar maktabga, kattalar ishga borib ktlishadi, qariyalar esa sayrga chiqishadi.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz