2024-03-06

«Tashkent City» ayollar klubi bugun «Trofeo Ponente in Rosa» poygasining ikkinchi bosqichida ishtirok etadi

Bugun Italiyaning Liguriya shahrida davom etayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi «Trofeo Ponente in Rosa (2.2)» musobaqasida ikkinchi bosqichdan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkaziladi.

Xabar berganimizdek, musobaqada jamoamiz quyidagi tarkib bilan ishtirok etmoqda: Kuskova, Misyurina, Qahhorova, Koziyeva, Karimova hamda Rizayeva.

Turnirning ikkinchi bosqichi Toshkent vaqti bilan 17:45 da start oladi. Unda sportchilar Bordigera shaharchasidan Pietra Liguriyagacha bo’lgan 112,2 km masofani bosib o’tadi.