Bugun O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev hamda «Tashkent City Professional Cycling Team» professional velosipedchilar jamoasi direktori Farruh Xudoyqulov O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi.
U yerda vakillarimiz O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abad Fayzullayev bilan uchrashuv o’tkazdi.
Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda velosiped sportini rivojlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek, ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni mustahamlash istiqbollarini muhokama qildilar.