O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi nomidan sizlarni 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etamiz!
Hayot yo‘lingiz va ishlaringiz davomida ulkan muvaffaqiyat va omadlar yor bo‘lsin. Har qanday omadsizlik sizlarni chetlab o‘tsin. Qalbingiz hamisha quvonch va shod-u xurramlikka to‘lib yurishini chin dildan tilab qolamiz. Oilangizdan baraka, tanangizdan sog‘lik, yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin.
Sizlar kuchli va irodalisiz. Yanada yangi marralarni zabt etishda sizga omad yor bo‘lsin!