2024-03-17

Ertaga Toshkent viloyatida «X. Tuxfatullin Respublika xotira turniri» o’tkaziladi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar, yoshlar, ayollar va yosh qizlar o‘rtasida «X. Tuxfatullin Respublika xotira turniri» tashkil etiladi.

Bir kun davom etadigan musobaqaning dasturi bilan tanishing:

👉Erkaklar va yoshlar — 113 km masofaga guruh poygasi
👉Ayollar va yosh qizlar — 73 km masofaga guruh poygasi.

Bahslar ertaga 10:00 dan start oladi⚡️