Joriy yilning 2-5-aprel kunlari Farg‘ona shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi tashkil etiladi.
Bugun turnir oldidan hakamlar komissiyasi tashkil etilmoqda.
Musobaqa dasturi bilan tanishing:
2-aprel:
1-bosqich (15 km masofaga vaqt poygasi)
3-aprel:
2-bosqich (70 km masofaga guruh poygasi)
4-aprel:
3-bosqich (88 km masofaga guruh poygasi)
5-aprel:
4-bosqich (45 km masofaga aylana guruh poygasi) va taqdirlash marosimi.
Musobaqa doirasida har kunlik bellashuvlar 10:00 dan start oladi.