Shu kunlarda Turkiyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida 6-xalqaro «Tour of Mersin» poygasi tashkil etilmoqda.
Kecha turnirning uchinchi bosqichi doirasida sportchilar Tarsus shaharchasidan Jamilaylaga qadar bo‘lgan 137,5 km masofani bosib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonning «Tashkent City Professsional Cycling Team» jamoasi a’zolari quyidagi natijalarni qayd etdi:
Bugun musobaqaning so‘nggi, to‘rtinchi bosqichi tashkil etiladi. Unda sportchilar Mersin atrofidagi 124,4 km masofada bahs olib boradi.
Yuqoridagi surat orqali to‘rtinchi bosqichning rasmiy profili bilan tanishishingiz mumkin.