2024-05-27

Yanina Kuskova — «Tour of Bostonliq Ladies» ko’p kunlik poygasining ilk bosqichi g’olibi!

Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumanida velosportning shosse yo’nalishi bo’yicha ayollar o’rtasida 2.2 klassifikatsiyadagi «Tour of Bostonliq Ladies» ko’p kunlik poygasi start oldi.

Musobaqaning ilk bosqichi doirasida sportchilar 20 km masofaga shaxsiy vaqt yakkalik poygasida bellashdi.

Bahs yakuniga ko’ra, ayollar milliy terma jamoamiz a’zosi Yanina Kuskova g’alaba qozondi. Undan keyingi o’rinlar esa Qozog’istonning «Astana Dewi Team» jamoasi vakilalari — Faina Potapova hamda Akpeyil Ossamga nasib etdi. Shuningdek, Kuskova ilk bosqichda sariq maykaga ham ega chiqqanini ta’kidlash lozim.

Birinchi bosqich natijalari:

1.Yanina Kuskova (O’zbekiston) — 26.42(09)
2.Faina Potapova («Astana Dewi Team») — 27.44(86)
3.Akpeyil Ossim («Astana Dewi Team») — 27.57(70).

Sportchilarni ushbu natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ham omad tilaymiz!