2024-05-28

«Tour of Bostonliq Ladies». Ikkinchi bosqichda Margarita Misyurina ikkinchi, Yanina Kuskova uchinchi o‘rinni egalladi!

Biroz oldin Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Tour of Bostonliq Ladies» ko‘p kunlik poygasining ikkinchi bosqichi yakunlandi.

Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida start olib, 116 km davom etgan poygada terma jamoamiz a’zosi Margarita Misyurina ikkinchi, Yanina Kuskova esa uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Kuskova birinchi bosqichda qo‘lga kiritgan sariq maykasini o‘zida saqlab qoldi.

Ikkinchi bosqich natijalari:

1.Li Yongxi («Samyang Women’s Cycling Team») — 3:17.13
2.Margarita Misyurina (O‘zbekiston terma jamoasi) — 3:17.13
3.Yanina Kuskova (O‘zbekiston terma jamoasi) — 3:17.13

  1. Nafosat Koziyeva (O‘zbekiston terma jamoasi) — 3:17.13
  2. Shahnoza Abdullayeva (O‘zbekiston terma jamoasi) — 3:17.13.

Sportchilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklagan holda ertaga bo’ladigan so’nggi bosqichda ham omad tilab qolamiz!

Ayollar o’rtasida o’tkazilgan ikkinchi bosqichning to’liq natijalari:
https://www.athlinks.com/event/387126/results/Event/1081919/Course/2478845/Results