2024-05-28

«Tour of Bostonliq». Bu safar Nikita Svetkov kuchlilar qatorida bo’ldi!

Bo’stonliqda davom etayotgan velosportning shosse yo’nalishi bo’yicha «Tour of Bostonliq» ko’p kunlik poygasining erkaklar o’rtasidagi ikkinchi bosqichi ham o’z nihoyasiga yetdi.

Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘idan Bo’stonliqqacha bo’lgan 146 km masofaga kechgan poygada terma jamoamiz a’zosi Nikita Svetkov uchinchi natijani qayd etdi.

Sariq maykani esa bugun boshqa bir mo’g’ulistonlik sportchi — Jambaljamts Sayinbayar qo’lga kiritdi.

Ikkinchi bosqich natijalari:

1.Aleksey Shnirko («Li-Ning Star») — 3:25.28
2.Jambaljamts Sayinbayar (Mo’g’uliston terma jamoasi) — 3:25.29
3.Nikita Svetkov (O’zbekiston terma jamoasi) — 3:25.29

  1. Lyuke Madgvey («Li-Ning Star») — 3:25.29
  2. Dmitriy Bocharov (O’zbekiston terma jamoasi) — 3:25.29.

Sportchilarimizni ushbu natijalar bilan tabriklagan holda ertaga bo’ladigan so’nggi bosqichda ham omad tilab qolamiz!

Erkaklar o’rtasida o’tkazilgan ikkinchi bosqichning to’liq natijalari:
https://www.athlinks.com/event/387125/results/Event/1081917/Course/2478844/Results