2024-05-29

⚡️⚡️⚡️»Tour of Bostonliq». Tegshbayar Batsayxan turnir g‘olibligini qo‘lga kiritdi!

Bugun Toshkent viloyatining Bo‘stonlik tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida «Tour of Bostonliq» ko‘p kunlik turniri o‘z yakuniga yetdi.

Uch bosqichdan iborat, 342 km masofaga kechgan poygadaning so‘nggi bosqichida Yaponiyaning «VC Fukuoka» jamoasi a’zosi Benjamin Prades g‘alaba qozondi.

Uchinchi bosqich natijalari:

1.Benjamin Prades («VC Fukuoka») — 4:04.24
2.Kristian Rayleanu («Li-Ning Star») +0:01
3.Steven Uillemsen («Universe Cycling Team») +0:04

  1. Tegshbayar Batsayxan (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) +0:05
  2. Daniil Pronskiy («Vino SKO Team») +0:11.

Sariq mayka bu bosqichda ham Tegshbayar Batsayxanniki bo‘ldi.

Musobaqa g‘olibligi ham Mo‘g‘uliston terma jamaosi a’zosi Tegshbayar Batsayxanga nasib etdi.

Umumiy klassifikatsiya:

1.Tegshbayar Batsayxan (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) — 8:07.36
2.Steven Uillemsen («Universe Cycling Team») +0.27
3.Jambaljamts Saynbayar (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) +0.52

  1. Murodjon Xolmurodov (O‘zbekiston terma jamoasi) +0.55
  2. Dmitriy Bocharov (O‘zbekiston terma jamoasi) +0.59.

Shunday qilib, birinchi bor tashkil etilgan «Tour of Bostonliq» xalqaro ko‘p kunlik poygasida mo‘g‘ulistonlik Tegshbayar Batsayxan g‘alaba qozondi!