2024-05-31

Akpeyil Ossim — «Grand-Prix Chorvoq Criterium Ladies» turniri g‘olibi!

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida «Grand-Prix Chorvoq Criterium Ladies» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari hamda yana beshta jamoa vakilalari ishtirok etgan poygada sportchilar 50 km masofaga bahs olib bordi.

Poyga yakuniga ko‘ra, Qozog‘istonning «Astana Dewi Team» jamoasi a’zosi Akpeyil Ossim 30 ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Undan keyingi o‘rinlar esa Koreya Respublikasining «Samyang Women’s Cycling Team» jamoasi sharafini himoya qiluvchi Li Johi hamda «Astana Dewi Team»ning yana bir a’zosi — Ayustina Deliya Priyatnaga nasib etdi.

1.Akpeyil Ossim («Astana Dewi Team») — 30 ochko
2.Li Johi («Samyang Women’s Cycling Team») — 27 ochko
3.Ayustina Deliya Priyatna («Astana Dewi Team») — 22 ochko

  1. Shahnoza Abdullayeva (O‘zbekiston terma jamoasi) — 12 ochko
  2. Yevgeniya Golotina (O‘zbekiston terma jamoasi) — 5 ochko.

Shu tariqa, Bo‘stonliqda ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnirlar o‘z nihoyasiga yetdi.