2024-05-31

Yangi Zelandiyalik Lyuke Madgvey — «Grand-Prix Chorvoq Criterium» turniri g‘olibiga aylandi!

Bo‘stonliqda velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida «Grand-Prix Chorvoq Criterium» turniri o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada sportchilar 28 aylanadan iborat 70 km masofaga bahs olib bordi.

Turnir yakuniga ko‘ra, Xitoyning «Li-Ning Star» jamoasi a’zolari Lyuke Madgvey hamda Aleksey Shnirko birinchi va ikkinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Mo‘g‘uliston terma jamoasi vakili Jambaljamts Saynbayar esa uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

1.Lyuke Madgvey («Li-Ning Star») — 35 ochko
2.Aleksey Shnirko («Li-Ning Star») — 33 ochko
3.Jambaljamts Saynbayar (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) — 23 ochko

  1. Tegshbayar Batsayxan (Mo‘g‘uliston terma jamoasi) — 20 ochko
  2. Benjami Prades («VC Fukuoka») — 15 ochko.

Shu tariqa, mo’ljallagan xalqaro musobaqalarimiz yakunlandi.