2024-07-02

O‘zbekiston velosporti tarixida ilk bor: «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» jamoamiz nufuzli «Giro d’Italia» poygasida ishtirok etadi!

Joriy yilning 7-14 iyul kunlari Italiyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Elita toifasidagi Jahon seriyasiga kiruvchi «Giro d’Italia» ko‘p kunlik musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Jahonning eng nufuzli velopoygalari qatorida turuvchi turnirda ilk bora O‘zbekistonning «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» jamoasi ham ishtirok etishini mamnuniyat ila e’lon qilamiz! Bu yosh va shijoatli velosportchilarimiz uchun Parij-2024 Olimpiadasi hamda «Tour de France Femmes» ko’p kunlik poygasi oldidan o’ziga xos tajriba vazifasini o’tab beradi.

Jamoamiz poygada quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Nafosat Koziyeva
Madina Qahhorova
Anna Kuskova
Mohinabonu Elmurodova.

Ma’lumot uchun, poyga jami 858, 7 km masofani o’z ichiga olgan 8 ta bosqichdan iborat bo’ladi. 7-iyul kuni bo’lib o’tadigan ilk bosqichda sportchilar Breshiya shahri atrofidagi 15,7 km masofaga bahs olib boradi.

Впервые в истории велоспорта Узбекистана: велокоманда «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» примет участие в престижной многодневной гонке «Giro d’Italia»!

7-14 июля этого года в Италии пройдут многодневная гонка «Giro d’Italia» среди женщин в шоссейном велоспорте.

Мы рады сообщить, что женская профессиональная велокоманда «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» примет участие в турнире, который является одной из самых престижных велогонок в мире! Он послужит уникальным опытом для наших молодых и увлеченных велосипедистов перед Олимпийскими играми в Париже в 2024 году и многодневной гонкой «Tour de France Femmes».

Наша команда примет участие в гонке в следующем составе:

Ольга Забелинская
Янина Кускова
Маргарита Мисюрина
Нафосат Козиева
Мадина Каххорова
Анна Кускова
Мохинабону Эльмуродова.

Для справки, гонка будет состоять из 8 этапов общей протяженностью 858,7 км. На первом этапе, который пройдет 7 июля, спортсмены будут соревноваться на дистанции 15,7 км вокруг города Брешиа.