2024-07-15

«Giro d’Italia Womens-2024». Ko‘p kunlik poygadagi ishtirokimiz yakunlandi

Kecha Italiyada velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha elita toifasidagi ayollar o‘rtasida Jahon seriyasiga kiruvchi «Giro d’Italia Womens» ko‘p kunlik poygasi nihoyalandi.

Umumiy 876.7 km masofani o’z ichiga olgan 8 ta bosqichli poygada «Lidl-Trek» klubi a’zosi Logo Borjini g’alaba qozondi.

Turnirning kuchli beshligi:

1.Longo Borjini («Lidl-Trek»)
2.Lotte Kopetski («Team SD Worx — Protime»)
3.Neve Bredbarri («Canyon//SRAM Racing»)

  1. Pauliena Royjakkers («Fenix-Deceuninck»)
  2. Julyette Labus («Team dsm-firmenich PostNL»).

Eslatib o‘tish joiz, musobaqaning oltinchi bosqichi doirasida to‘rt nafar sportchimiz poygadan chetlatilgan edi.

Yettinchi bosqichda esa afsuski, Olga Zabelinskaya ham poygani yakunlay olmadi.

Yanina Kuskova sakkizinchi bosqichda 70-natijani qayd etib, umumiy klassifikatsiyada 85-o’rinni egalladi.

Shu tariqa, «Tashkent City Womens Professional Cycling Team» velosipedchilar jamoasi nufuzli «Giro d’Italia Womens» musobaqasini bir nafar sportchi bilan yakunladi.

Olga Zabelinskaya hamda Yanina Kuskovaga esa endilikda Olimpiadada omad yor bo‘lishini tilaymiz!