Bugun Xorazm viloyati hokimi Jo’rabek Rahimov tashabbusi bilan Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi velosport bo’limiga «Damas» rusumli avtomobil hamda 20 ta velosiped topshirildi. Ushbu qimmatbaho sovg’alarni Xorazm viloyati sport boshqarmasi boshliği Nodira Jumaniyozova topshirdi.
Shuningdek, Nodira Xamdamboyevnaga yosh velosportchilar bilan uchrashuvda Urganch olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori tomonidan tashakkurnoma ham topshirildi.