Bugun Xitoyning Loyan shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Musobaqaning so‘nggi kuni doirasida terma jamoamiz a’zosi Alimardon Jamoliddinov chiqarib yuborish guruh poygasida (elimination) ishtirok etib, saralashdan o‘ta olmadi.
Shu tariqa, Loyandagi velotrek bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. Unda yurtimiz sharafini ikki nafar sportchimiz — Alimardon Jamoliddinov hamda Samira Ismoilova himoya qildi.
Garchi sportchilarimiz Jahon birinchiligida medallar qo‘lga kirita olishmagan bo‘lsa-da, ushbu musobaqa ular uchun katta tajriba maktabini o‘tab bergani so‘zsiz!