2024-09-07

Nikita Svetkov Jahon chempionatiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda

Joriy yilning 22-29-sentyabr kunlari Shveysariyaning Syurix shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi.

Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Svetkov ayni damda musobaqa uchun tayyorgarlikni Italiyada davom ettirmoqda.