2024-02-21

«A.Skortsov Respublika xotira turniri». Musobaqaning ilk kungi g‘olib va sovrindorlari ma’lum bo‘ldi

Xabar berganimizdek, bugun Farg‘ona shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Aleksey Skvortsov xotirasiga bag‘ishlangan Respublika turniri start oldi.

Musobaqaning ilk kunida yoshlar va yosh qizlar jamoaviy guruh poygasida bahs olib bordi.

Kun yakuniga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar quyidagicha bo‘ldi:

Yoshlar (90 km masofaga):

Oltin: Nikita Yeremov
Kumush: Jo‘rabek Abduqodirov
Bronza: Ozodbek Shokirov.

Yosh qizlar (55 km masofaga):

Oltin: Valeriya Gamm
Kumush: Viktoriya Polzunova
Bronza: Arina Makarkina.

Язык »