2024-05-19

Avaz Karimovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston Sport vaziri maslahatchisi Avaz Karimov o‘z tavallud kunini nishonlamoqda.

Karimov Avaz Qudratillayevich – 1983-yil 19-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Toshkent davlat iqtisodiyot hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetlarini tamomlagan. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri maslahatchisi lavozimida faoliyat yurityapti.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Avaz Karimovni bugungi shukrona kun bilan muborakbod etadi. Avaz Qudratillayevichga uzoq umr va sihat-salomatlik tilaymiz.