2023-07-12

Ayni kunlarda velosportning shosse yo’nalishi bo’yicha erkaklar terma jamoasi Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida o’quv- yig’ini mashg’ulotiga kirishdi.

🚴‍♂️ Mazkur o’quv-yig’ini mashguloti Joriy yilning 10-iyul kunidan 26-iyulga qadar davom etadi. O’quv-mashg’ulot yig’iniga xorijiy mutaxassis V.Starchik hamda malakali trener R. Karimov boshchiligida 9 nafar asosiy tarkib sportchilari jalb qilingan. Ushbu o’quv-mashg’ulot yig’ini 2023 yil 30 iyuldan 5 avgustgacha Turkiya davlatida bo’lib o’tadigan “GRAND PRIX KÜLTEPE” hamda “100TH ANNIVERSARY TOUR OF THE REPUBLIC” navbatdagi xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishishga qaratilgan.🚴🏻‍♂️

Язык »