2024-03-03

Bizda navbatdagi ajoyib yangilik: Turkiyadagi poyga podiumining ikki shohsupasi terma jamoamiz a’zolariniki bo‘ldi!

Bugun Turkiyaning Alaniya shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha «International Alanya Castle Criterium» poygasi tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.

Ushbu musobaqaning ayollar o‘rtasidagi guruh poygasi bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 29 km masofaga kechgan turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi.

Quvonarlisi, terma jamoamizning ikki nafar a’zosi yakunda musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi. Jumladan, Yekaterina Knebleva oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yevgeniya Golotina bronza medaliga ega chiqdi.

Oltin: Yekaterina Knebleva (47:11)
Kumush: Houli Nesrine (Jazoir, 47:13)
Bronza: Yevgeniya Golotina (47:19).

Язык »