2024-02-26

Bo’stonliqdagi velosport bazasining qurilish ishlari ko’zdan kechirildi

O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Asqarbek Tog’aybekov Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani hududida joylashgan velosport bazasining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Qayd etish joiz, majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 24-sentyabrdagi PQ–5251-sonli qarori asosida barpo etilmoqda.

Tashrif davomida federatsiya bosh kotibi majmuaning qurilish jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqdi va sportchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayrim holatlar bo‘yicha quruvchilarga o’z takliflarini berdi.