O‘zbekiston Velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Asqarbek Tog’aybekov Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani hududida joylashgan velosport bazasining qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Qayd etish joiz, majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil, 24-sentyabrdagi PQ–5251-sonli qarori asosida barpo etilmoqda.

Tashrif davomida federatsiya bosh kotibi majmuaning qurilish jarayonlari bilan batafsil tanishib chiqdi va sportchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayrim holatlar bo‘yicha quruvchilarga o’z takliflarini berdi.

Язык »