2024-03-06

Bugun Bo‘stonliqda «V.Iskandarov Respublika xotira turniri» start oladi

Xabar berganimizdek, bugun va ertaga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hamda Chirchiq shahrida «V.Iskandarov Respublika xotira turniri» o‘tkaziladi.

Musobaqaning ilk kunida sportchilar quyidagi dasturlar bo‘yicha bahs olib boradi:

👉Erkaklar va yoshlar — 103 km masofaga guruh poygasi
👉Ayollar va yosh qizlar — 63 km masofaga guruh poygasi.

Bellashuvlar 11:00 da start oladi.

Язык »