2024-06-06

Bugun Olma-Otada veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi. Musobaqaning ilk kunida mikst-estafeta dasturidan medal kutamiz!

Bugundan Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. Yetti kun davom etadigan musobaqada elita, anderlar, o‘smirlar hamda parasportchilar ishtirokidagi bellashuvlar tashkil etiladi.

Musobaqaning bugungi kuni doirasida kattalar va o‘smirlarimiz aralash jamoaviy estafeta dasturida g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Bugungi kun doirasida bahslarga kirishadigan tarkiblarimiz:

Kattalar (Erkaklar va ayollar):

Murodjon Xolmurodov
Daniil Yevdokimov
Begzod Raximboyev
Olga Zabelinskaya
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina.

O‘smirlar (o‘smir yigitlar va o‘smir qizlar):

Alimardon Jamoliddinov
Muxriddin Safarov
Samandar O‘mirov
Samira Ismoilova
Viktoriya Polzunova.

Kattalar:
Start- 10:00
Masofa — 40 km.

O‘smirlar:
Start- 11:30
Masofa- 32 km.

Terma jamoalarimizning Olma-Otadagi Osiyo chempionati uchun to‘liq tarkiblari bilan tanishing