Xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida “Kelajak o’yinlari” multikompleks musobaqasi o’tkazilmoqda.

Bugun turnir doirasida terma jamoamiz vakillari virtual-velosport yo’nalishida bahslarga kirishadi.

Hamyurtlarimiz quyidagi raqiblariga qarshi bellashuvlarni boshlaydi:

Asal Rizayeva — Selena Kolombi
Yekaterina Knebleva — Laura Boz
Davirjan Abdurahmanov — Rikkardo Panitsa
Daniil Fyodorov — Daniele Ratto.

Qayd etish joiz, virtual-velosport bahslaridagi barcha beshta yo’nalish bellashuvlari (Individual poyga, chiqarib yuborish guruh poygasi, skretch, tempo, ochko yig’ish poygasi) bugun tashkil etiladi, Ushbu beshta yo’nalish yakuniga ko’ra eng ko’p ochko to’plagan sportchilar g’olib va sovrindorlar qatoridan joy oladi.

Ma’lumot uchun, «Kelajak o’yinlari» doirasida virtual-velosport bellashuvlari Toshkent vaqti bilan 13:00 dan so’ng boshlanadi.

Язык »