2024-02-08

Bugun «Tashkent City Professional Women’s Cycling Team» BAA Turidagi ishtirokini boshlaydi

Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida «UCI Women’s World Tour» doirasidagi uchinchi poyga — «UAE Tour» start oladi.

To’rt bosqichdan iborat musobaqa 11-fevral kuni yakuniga yetadi.

Bugun sportchilar birinchi bosqich doirasida «Dubai Miracle Garden» majmuasidan «Dubai Harbour» inshootiga qadar bo’lgan 122 km masofani bosib o’tadi.

Murabbiylar shtabi BAA turniri uchun quyidagi tarkibni saralab olgan:

Madina Qahhorova
Anna Kuskova
Nafosat Koziyeva
Yanina Kuskova
Margarita Misyurina
Olga Zabelinskaya.

Ma’lumot o’rnida, BAA turida «Tashkent City» jamoasidan tashqari jahonning yana 19 ta jamoasi a’zolari ishtirok etadi.

Ilk bosqich poygalari Toshkent vaqti bilan 13:20’da start oladi!

Язык »