2023-09-09

Dmitriy Bocharov yana shohsupada!

Turkiya davlatida velosport bo’yicha olimpiya reyting ochkolarini beruvchi “Tour of Van” ko’p kunlik UCI xalqaro musobaqasining 3-bosqichi o‘z yakuniga yetdi.
Mazkur poyga 119,2 km masofani tashkil etib, unda Dmitriy Bocharov 2-o‘rin bilan kumush medaliga sazovor bo’ldi hamda Parij-2024 Olimpiya o’yinlariga yo’llanma beruvchi 3 UCI reyting ochkosini milliy terma jamoamiz hisobiga taqdim etdi. Shu bilan birga Dmitriy bocharov eng yaxshi tog’ poygachisi nomini mustaxkam himoya qilib kelmoqda!

Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »