2024-05-28

Ertaga «Tour of Bostonliq» va «Tour of Bostonliq Ladies» ko‘p kunlik poygalari yakunlanadi

Musobaqalar doirasida so‘nggi, uchinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Unda erkaklar 166 km, ayollar esa 106 km masofaga guruh poygasida qatnashadi.

Ayollar:

Start: 8:00
Guruh poygasi: 106 km.

Erkaklar:

Start: 13:00
Guruh poygasi: 166 km.

Bosqich Oqtosh tepaligida start oladi va «Green Hills» majmuasida yakunlanadi.