2024-03-06

Federatsiyamiz rahbariyati O‘zbekistonning 🇮🇹Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abad Fayzullayev bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Kozim O‘rinboyxo‘jayev hamda «Tashkent City Professional Cycling Team» professional velosipedchilar jamoasi direktori Farruh Xudoyqulov O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

U yerda vakillarimiz O‘zbekistonning Italiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Abad Fayzullayev bilan uchrashuv o’tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar O‘zbekistonda velosiped sportini rivojlantirish chora-tadbirlarini, shuningdek, ikki tomon o‘rtasidagi hamkorlikni mustahamlash istiqbollarini muhokama qildilar.

Язык »