2024-03-07

Hamyurtlarimizning «Trofeo Ponento in Rosa» turniri ikkinchi bosqichida qayd etgan natijalari bilan tanishing

Kecha Italiyaning Liguriya shahrida davom etayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 3-«Trofeo Ponento in Rosa» poygasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

102,2 km masofaga kechgan poygada O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Tashkent City» jamoasi a’zolarining natijalari quyidagicha bo‘ldi:

  1. Yanina Kuskova
  2. Margarita Misyurina
  3. Madina Qahhorova
  4. Sofiya Karimova
  5. Nafosat Koziyeva
  6. Asal Rizayeva.

Bosqichda «EF Education-Cannondale» jamoasining avstraliyalik a’zosi Kim Kadzou g‘alaba qozongan bo‘lsa, uning jamoadoshi, amerikalik Kristen Folkner ikkinchi bo‘ldi. Uchinchi o‘rin esa Shveysariya milliy terma jamoasi a’zosi Linda Zanettiga nasib etdi.

Ma’lumot o‘rnida, «Tashkent City» ayollar jamoasi musobaqaning ikkinchi bosqichidan so‘ng umumiy vaqt tasnifi bo‘yicha turnir jadvalida 29 jamoa ichida 11-o‘rinni egallab turibdi.

Язык »