2024-02-17

Ikki karra Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi, Osiyo o’yinlari sovrindori Murodjon Xolmurodov yosh velosportchilarga mahorat darsini o’tdi

Velosport bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, ikki karra Olimpiya o’yinlari qatnashchisi, Osiyo chempioni, Osiyo o’yinlari sovrindori va O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan sportchi Murodjon Xolmurodov kecha Respublika velosport mahorat maktabiga tashrif buyurdi.

Murodjon tashrif davomida yosh velosportchilar bilan davra suhbati qurdi va mahorat darsini o’tib berdi.

Qiziqarli o’tgan davra suhbatida yosh sportchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Язык »