Qoraqalpog‘istoning Nukus shahrida maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o’tkazildi.

Joriy yilning 23-oktyabr kuni Nukus shahrida bog’cha yoshidagi bolalar o’rtasida IV-velomarafon tashkil etildi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Velosport federatsiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Tadbir so’ngida velomarafon ishtirokchilari — bolajonlarga esdalik medallari, sovg’alar topshirildi hamda ular uchun ko’ngilochar dasturlar tashkil etildi.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »