2024-02-24

Mana bu ajoyib yangilik: Turkiyadagi podiumning har uch shohsupasi o’zbek sportchilariga tegishli bo’ldi!

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida velosportning shosse yo’nalishi bo’yicha “Winter Race Series 2024” poygalar seriyasining “Alania Kriterium” bosqichi o’tkazildi.

Ahamiyatlisi, ushbu bosqichda har uchchala o’rin milliy terma jamoamiz a’zolari, “Tashkent City” klubi vakillariga nasib etdi.

Oltin: Yanina Kuskova
Kumush: Mohina Elmuratova
Bronza: Asal Rizayeva.

Язык »