2024-02-24

Margarita Misyurina Osiyo chempionatida 2-oʻrinni egalladi!

Hindiston poytaxti Nyu-Delida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi qirq uchinchi va yoshlar o‘rtasidagi o‘ttizinchi Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqaning bugungi kunida Margarita Misyurina guruh poygasida 2-oʻrinni egalladi va kumush medalni oʻziniki qildi.

Shunday qilib, termamizning chempionat doirasidagi umumiy medallari soni 5 tani tashkil etmoqda (3 ta kumush va 2 ta bronza).

Margaritani ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz!

Язык »