2023-12-07

Milliy terma jamoa velosipedchi ayollarimiz 🇵🇱Polshada!

2023-yil 8-10 dekabr kunlari 🇵🇱Polsha davlatida bo’lib o’tadigan (UCI) xalqaro musobaqasi trek yo’nalishida ayollar milliy terma jamoa a’zolari ishtirok etishadi.

Sportchilarimizning musobaqadagi barcha yutuqlari Parij🇫🇷 2024 yozgi Olimpiada o’yinlariga yo’llanma olish uchun xalqaro reyting📈 ochkolari sonini ko’paytirish imkoniyatini beradi.

Sportchilarimiz xorijiy mutaxassis Gleb Groysman murabbiyligi boshchiligida qizg’in bahslarga kirishadilar.

Biz ham shu o’rinda velosportchilarimizga🚴🏻‍♀️ushbu xalqaro musobaqalarda omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

https://t.me/cycling_uz

Язык »