2024-02-15

Milliy terma jamoamizning Osiyo chempionati uchun tarkibi ma’lum!

Joriy yilning 21-26 fevral kunlari Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi.

Musobaqa uchun O’zbekiston milliy terma jamoamizning tarkibi ma’lum bo‘ldi:

Dmitriy Bocharov
Begzod Rahimboyev
Nikita Svetkov
Farruh Bobosherov
Yanina Kuskova
Nafosat Koziyeva
Olga Zabelinskaya
Margarita Misyurina
Sofiya Karimova.

Qayd etish joiz, terma jamoamiz a’zolari allaqachon Hindistonga yetib borgan va u yerda Osiyo chempionati doirasida 1 martga qadar o‘tkaziladigan yig‘inni boshlab yuborgan.

Язык »