2024-06-11

Murodjon Xolmurodovni tabriklaymiz!

Bugun velosport bo’yicha O’zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi hamda “Tashkent City Professional Cycling Team” jamoasi a’zosi, ikki karra Olimpiya o’yinlari ishtirokchisi Murodjon Xolmurodov o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Qahramonimiz bugun 42 yoshni qarshiladi.

Fursatdan foydalanib, jamoamiz nomidan O’zbek velosportida o’ziga xos iz qoldirayotgan sportchimizni tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida ham omadlar yor bo‘lishini tilaymiz!