2023-09-27

Navbatdagi erkaklar o’rtasidagi xalqaro musobaqa!

2023-yil 28 sentyabr 01oktyabr kunlari Turkiya 🇹🇷 davlatida velosportning 🚴🏻‍♂️shosse yo’nalishi bo’yicha ko’p kunlik (2.2) “Tour of Istanbul” UCI xalqaro musobaqasiga start berildi.

Mazkur musobaqada erkaklar milliy terma jamoa a’zolari:

  1. Murodjon Xalmuratov
  2. Begzod Raximboyev
  3. Damir Zabirov
  4. Akramjon Sunnatov
  5. Konstantin Elli
  6. Sanjarbek Ergashev
    yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Sportchilarimizning musobaqadagi barcha yutuqlari Parij🇫🇷 2024 yozgi Olimpiada o’yinlariga yo’llanma olish uchun xalqaro reyting📈 ochkolari sonini ko’paytirish imkoniyatini beradi.
Sportchilarimiz xorijiy mutaxassis Volodimir Starchik murabbiyligi boshchiligida qizg’in bahslarga kirishadilar.
Biz ham shu o’rinda velosportchilarimizga🚴🏻‍♂️ ushbu xalqaro musobaqalarda omad yor bo’lishini tilab qolamiz.

Natijalarni biz bilan birgalikda kuzatib boring.

O’zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati.

https://t.me/cycling_uz

Язык »